Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voyaga yetmagan farzandiga mashina bergan ona jazolandi

Voyaga yetmagan farzandiga mashina bergan ona jazolandi

Voyaga yetmagan farzandiga rul boshqaruvini topshirgan onaga chora ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqaruvini topshirgan onaga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

«Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, ularga doimo yo‘llarda qoidalarga rioya etishni o‘rgatib borishlarini so‘raymiz», deyiladi YXHBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring