Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda taniqli dizayner o‘ldirib ketildi

Toshkentda taniqli dizayner o‘ldirib ketildi

Foto: «myday.uz»

Toshkentda taniqli dizayner va xoreograf Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi.

Mazkur xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqlar ekan, voqelik haqida keyinroq rasmiy ma’lumot  berilishini ma’lum qildi. Hozirda jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda. Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, fojia 14 yanvarga o‘tar kechasi  poytaxtning Yashnobod tumani sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Nariman Grigoryan — taniqli dizayner, «Nariman Grigoryan» brendi asosichisi. U raqs san’ati bo‘yicha xalqaro musobaqalar hakamlar hay’atining o‘zbekistonlik yagona a’zosi sifatida ham tilga tushgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring