Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 10 oktyabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» hamda 2004 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.

YTH natijasida «Spark» haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilari hamda «Matiz» haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring