Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan portlash tafsilotlari aytildi (foto)

Toshkent viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan portlash tafsilotlari aytildi (foto)

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, «Shon-shuhrat» ko‘chasi, 67-uyda sodir bo‘lgan portlash haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, shbu holat tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqan bo‘lib, ayni vaqtda voqea joyida tezkor qutqaruv guruhlari ish olib borishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan talofat ko‘rgan uydagi odamlar boshqa joylarga ko‘chirilmoqda.

Ushbu hodisada 2009-yilda tug‘ilgan E. X. halok bo‘lgan. Uy egalaridan yana biri jonlantirish bo‘limiga olib ketildi. Oila a’zolarining uchinchisiga hech qanday zarar yetmagan.

Shuningdek, binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, xonadonda hisoblagichdan tashqari qo‘lbola gaz uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, fojiaga uning nosozligi sabab bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan va uning natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring