Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘raqo‘rg‘onda gaz portlashidan uy egasining o‘g‘li halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onda gaz portlashidan uy egasining o‘g‘li halok bo‘ldi

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

2021-yil 23-yun kuni soat 17:10da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani «Sohilobod» MFY, Niyazboyev ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga boshqarmaning 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:36da yetib borgan. Yong‘in soat 17:38da o‘rab olingan va soat 17:54da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida uyning 30 kv.m. maydonida shift, tom va uy-jihozlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘in oqibatida uy egasining o‘g‘li halok bo‘lgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra yong‘in kelib chiqishiga maishiy propan gaz ballonidan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring