Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘kinish usulida duduq bolani davolashga uringan pedagog ishi nazoratga olindi

So‘kinish usulida duduq bolani davolashga uringan pedagog ishi nazoratga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan 2023 yilning dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida olingan.

«Hozirda ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring