Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Skver»da katta tezlikda harakatlangan «Shumaxer»ning kimligi ma’lum bo‘ldi

«Skver»da katta tezlikda harakatlangan «Shumaxer»ning kimligi ma’lum bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Kecha, 18-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum mashina Toshkentdagi Amir Temur xiyobonini katta tezlikda aylanib yurgani aks etgan video tarqalgandi.

Bunday katta tezlikda mashina haydayotgan odam kimligi noma’lumligicha qolayotgandi. Toshkent shahar IIBB «Skver»dagi «Shumaxer»ning kimligini ochiqladi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 va 14-sentyabr kunlari taxminan soat tungi 02.00-02.30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘lda, xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgan.

Yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, atrofdagi yo‘llar va piyodalar yo‘lakchalari poytaxt IIBB YHXB YPX va PPX xodimlari va ekipajlari tomonidan 10-15 daqiqaga berkitilgan.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring