Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabzdagi qishloqda salkam 1 metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Shahrisabzdagi qishloqda salkam 1 metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Shahrisabz tumanidagi qishloqda qor qalinligi 90 santimetrgacha yetdi.

Tog‘li «Ko‘l» MFYda qish bor ziynatini namoyish etmoqda. Mana 5 kunki, qishloqda qor yog‘yapti. Yo‘l chetlari va qatnov yo‘q joylarda qorning qalinligi 90 santimetrgacha yetgan.

Bu vaziyat aholining turmush-tarziga salbiy ta’sir etayotgani yo‘q. Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari o‘rganilib, yetarli miqdorda arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgan.

Ijtimoiy soha ob’yektlari ham barqaror ishlamoqda, deyiladi tuman hokimligi xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, tuman hokimligi tomonidan yoqilg‘i zahirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yo‘llar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring