Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31 iyul kuni soat 13:10 da Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida joylashgan nonvoyxona va lavash tayyorlash oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:28 da yong‘in o‘rab olingan va soat 13:30 da yong‘in batamom o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida binoning 80  kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan 220 kv.m. maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring