Samarqanddagi YTHda 14 yoshli qiz vafot etdi
M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida «VAZ-2107» va «Spark» avtomobillari ishtirokidagi YTHda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, «VAZ-2107» avtomobili haydovchisi yo‘lda qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilmoqchi bo‘lgan. Shu paytda «Spark» avtomashinasining yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Jiguli» haydovchisining 2010 yilda tug‘ilgan qizi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter