Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘yinga mukkasidan ketgan 18 yoshli yigit qamoqqa olindi

Samarqandda o‘yinga mukkasidan ketgan 18 yoshli yigit qamoqqa olindi

Samarqand viloyati, Urgut tumanida Qoratepa mahallasida yashovchi 18 yoshli o‘smir o‘yinga mukkasidan ketib, o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u bir mashinadan 1700 AQSh dollari, ikkinchisidan 2,5 mln so‘mni o‘marib, internet totalizatorga tikib yuborgan.

«Men shu o‘yin uchun o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘ldim», deydi ayblanuvchi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda ayol erining 400 mln.dan ortiq pulini totalizatorda tikib yuborgani xabar qilingandi.

Avvalroq 18 yoshli o‘spirin aynan qimorda yutqazib qo‘yishi sabab o‘z uyning yordamchi xo‘jalik xonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring