Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ikki qishloq ahli o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Samarqandda ikki qishloq ahli o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani Rovot va Bog‘onali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga keldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2021-yilning 25-aprel kuni soat 19:00 larda 51 yoshli M.Bahodir boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasini Pastdarg‘om tumani «Rovot-Bog‘onali» qishlog‘i yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib, «Rovot» qishlog‘ining ichki yo‘liga qayrilayotgan vaqtida, uning orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli A.Mirjalol va uning yo‘lovchilari 36 yoshli R.Ural, 24 yoshli A.Talat, 18 yoshli A.Firdavslar haydovchi M.Bahodirga avtomashinani noto‘g‘ri boshqarib, ularni avtomashinasini qisib yuborganligini aytib, haqorat qilishadi.

Buning oqibatida Rovot va Bog‘onali qishlog‘ida yashovchi jami 17 nafar fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelib, bir-birlarini urib do‘pposlashadi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalda faol ishtirok etgan 17 nafar fuqarodan 15 nafari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olganliklari, ulardan 3 nafari ayol kishi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu janjalning kelib chiqish sabablari, ayblanuvchilar doirasi aniqlanib huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring