Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Captiva» yonib ketdi

Samarqandda «Captiva» yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3-avgust kuni soat 16:20 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «4-oilaviy poliklinika» avtoturargohida to‘xtab turgan «Captiva» rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring