Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samarqand – Qarshi» yo‘lida o‘nlab avtomobil to‘qnashdi (foto)

«Samarqand – Qarshi» yo‘lida o‘nlab avtomobil to‘qnashdi (foto)

Foto: «ZarNews.uz»

«Samarqand – Qarshi» yo‘lining Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida o‘nlab avtomobillarning to‘qnashuvi sodir bo‘lgan. Ushbu yirik YTHga yo‘lning muzlagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: «ZarNews.uz»
Foto: «ZarNews.uz»

ZarNews.uz kanali e’lon qilgan fotolarda o‘nlab avtomobilning jiddiy to‘qnashganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring