Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi jasadi topildi. Marhum qurilishda balandlikdan tushib ketgan

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi jasadi topildi. Marhum qurilishda balandlikdan tushib ketgan

Foto:«AiF»

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.I. jasadi topilganligi haqidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

2019-yil 3-sentyabr kuni M.I. Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonchasida balandlikdan qulash natijasida vafot etgan.

Fojiali voqea yuzasidan Bosh konsulxona Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring