Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istondagi «yog‘li joy»ning siri oshkor bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi «yog‘li joy»ning siri oshkor bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Amudaryo tumanida 77,1 tonna qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Buxoro viloyati, Romitan tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan «T.» MChJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi «A.» MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, «A.» MChJga tegishli noturar binoda yog‘ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilganliklari fosh etilgan.

Tadbir davomida, ushbu yashirin sexdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti, 19 460 dona xo‘jalik sovuni, 10 tn. paxta chigiti, 3 tn. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd so‘mlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring