Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqdagi yong‘in haqida dastlabki ma’lumot — FVV bayonot berdi

Qamchiqdagi yong‘in haqida dastlabki ma’lumot — FVV bayonot berdi

Foto: FVV

Bugun, 28-sentyabr kuni soat 18:34 da A-373 avtomobil yo‘lining 256 kilometri, Qamchiq dovoni qismida Toshkent-Vodiy yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi, deyiladi FVV bayonotida.

Qamchiq dovonida katta yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi. Yuk mashinasi va bir nechta mashinalar yonayotgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring