Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq» dovonida yo‘lni loy va qum qopladi: FVV izohi

«Qamchiq» dovonida yo‘lni loy va qum qopladi:  FVV izohi

FVV vodiy dovonidagi ahvol bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, A-373 avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazoratga olingan.

Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring