Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda qotillik. 26 yoshli erkak 50 yoshli tanishini o‘ldirib qo‘ydi

Urgutda qotillik. 26 yoshli erkak 50 yoshli tanishini o‘ldirib qo‘ydi

Foto:«Xabar.uz»

Voqelik 2021 yil 5 iyun kuni soat 18:30 larda yuz berdi. Ya’nikim, Urgut tumanining «Yetti uylik» mahallasida yashovchi  B. S. (1995 yilda tug‘ilgan)  tanishi O‘. O. (1971 yilda tug‘ilgan)  bilan  ulfatchilik qilib o‘tirib, o‘zaro janjallashib ketadi. Natijada mast holatda  B. S. yaqin atrofdagi xo‘jalik mollari do‘koniga kirib,  15 sm. uzunlikda bo‘lgan o‘tkir tig‘li mix olib chiqib,   O‘.O.ning o‘ng ko‘krak qismiga tiqib yuboradi, yerga yiqilgach, urib-tepib tashlaydi. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari sabab Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

«Xabar.uz» so‘roviga javoban  Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, kechaning o‘zidan qasddan odam o‘ldirish alomatlari (Jinoyat kodeksi, 97-modda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B. S. tegishli tartibda ushlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring