Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Opa-singil toshkentlik ayolning 44.000 AQSh dollarlik brillantini olib, aldab ketishdi 

Opa-singil toshkentlik ayolning 44.000 AQSh dollarlik brillantini olib, aldab ketishdi 

Illyustrativ foto

Sotib berishni va’da qilib brilliant taqinchoqlarni olib ketgan opa-singilga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 57 yoshli Minaxanum E. murojaat qilib, 2019-yilning 5-avgust kunidan 13-sentyabrigacha opa singillar 31 yoshli Durdona X. va 28 yoshli Iroda X.lar unga 44.000 AQSh dollarlik brillant taqinchoqlarini qimmatga sotib berishlarini va’da qilishgan. Opa-singillarga ishongan Minaxanum taqinchoqlarni ularga ishonib topshirgan. Ammo pullarni ololmagan Minaxanum huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

IIBB xodimlari firibgarlikda gumonlanuvchilarni qo‘lga olishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring