Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi.

Abdumajid Mullajonov shu yilning yanvar oyida hokimlikka rahbar bo‘lgandi. 

A.Mullajanov 1970-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yildan hokimlikka qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring