Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqda qiz o‘zini 16 qavatli uydan tashlab yuborgani aytildi. Rasmiy izoh

Olmaliqda qiz o‘zini 16 qavatli uydan tashlab yuborgani aytildi. Rasmiy izoh

Foto: Xabar.uz

Olmaliq shahrida qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab yuborgani aytilmoqda. Tegishli fotosuratlar Telegram kanallarida aylanmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 4-iyun kuni soat 16:45da shahar IIBga Uvaysiy MFYdagi ko‘p qavatli 45-uyning tom qismidan o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan qizni qutqarish lozimligi haqida xabar kelib tushgan.

Shahar IIB va FVB vakillari hamda MFY raisi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va qiz bilan suhbatlashilgan. Ammo, olib borilgan muzokaralarga qaramasdan, qiz o‘z joniga qasd qilgan. Mahalla raisi va shu ko‘p qavatli uy aholisining aytishicha, bu qiz ushbu ko‘p qavatli uyda yashamaydi.

Hozirda shahar IIB tomonidan marhum qizning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu voqeani tasdiqladi. 

«Olmaliqdagi voqea yuzasidan prokuratura tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, marhum fuqaroni shaxsi va sodir bo‘lgan holatning sabablari aniqlanmoqda.

Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi», deya ma’lum qilgan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring