Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 5-aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongirlar Mingbuloq tumani «Kichik Jomasho‘y» mahallasida joylashgan «Vodiy» umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilishadi.

Bezorilar uni sochidan ushlab tortganlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlashadi. Bu harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutalilarga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazishadi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar «yengil» hamda S.Burgutali «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar. 

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlar ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring