Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 6 insonning o‘limiga sabab bo‘lgan ayanchli holat bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Namanganda 6 insonning o‘limiga sabab bo‘lgan ayanchli holat bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Bundan 5 oy avval, o‘tgan yilning 16-dekabr kuni Namangan shahri I.Karimov – Istiqlol ko‘chalari kesishmasi yaqinida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.

Haydovchi, 1974-yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli avtomashinasida me’yordan ortiq yuk bilan boqaruvni yo‘qotib, haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia ustiga ag‘darilib tushgandi.

Natijada olti kishi – Nexia haydovchisi (42 yosh), haydovchining xotini (39 yosh), haydovchining farzandlari (13 va 10 yosh) va yo‘lovchilar (34 va 7 yosh) hodisa joyida vafot etishgandi.

Insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudi tomonidan haydovchi A.A.ga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring