Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Milliy» telekanali xodimlarini kaltaklaganlarning ikki nafari aniqlandi – Bosh prokuratura

«Milliy» telekanali xodimlarini kaltaklaganlarning ikki nafari aniqlandi – Bosh prokuratura

Videodan kadr

«Milliy» telekanalning «Millar» dasturi xodimlari o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda kaltaklangani xabari berilgandi.

Voqelik bo‘yicha dactlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, poytaxtning Chilonzor tumani «Tirsakobod» mahallasi Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan jismoniy shaxsga qarashli omborxonada 2022 yil 24 yanvar kuni soat 09:58 da  hozircha noma’lum sabab bilan yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida maishiy texnika, yengil va og‘ir avtoulov shinalari, pampers va salfetkatlar saqlanayotgan omborxona yonib ketgan.

Voqea joyiga borgan «Milliy TV» tasvirga olish guruhi xodimlari holatni videolavhaga olayotgan  paytda ularga omborxona ishchi xodimlari va o‘t o‘chirishda yordamlashayotgan shaxslar faol qarshilik  ko‘rsatib tan jarohati yetkazganlar.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida telekanal xodimlariga tan jarohati yetkazganlarning ikki nafari aniqlandi: ularning biri Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Z. U., ikkinchisi Sergeli tumanida yashovchi 36 yoshli G‘. A. ekaniga oydinlik kiritildi.

Qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda. Holat Bosh prokuratura nazoratiga olingan, dedi H. Shamsutdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring