Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashinada turtib o‘tilgan ayol voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Mashinada turtib o‘tilgan ayol voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda «Haydovchi avtomobilini ayol ustiga boshqardi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 15:00larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Ziynat MFY, Shokirariq ko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi, 1979 yilda tug‘ilgan Sh.R. hamda «Changan» rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1983 yilda tug‘ilgan H.M.lar o‘rtasida o‘zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.

«Changan» rusumli avtomobil haydovchisi H.M. voqea joyidan ketmoqchi bo‘lgan vaqtda fuqaro Sh.R. ushbu yuk avtomobilining old qismiga tepgan. Haydovchi to‘xtamasdan harakatda davom etgan va fuqaro H.M.ni avtomobil bilan turtib o‘tgan.

Natijada, fuqaro Sh.R. tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring