Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli chaqmoq futbolchining umriga nuqta qo‘ydi

Kuchli chaqmoq futbolchining umriga nuqta qo‘ydi

Indoneziyaning «Persikas Subanga» klubi futbolchisi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi.

Fojia 10-fevral kuni Bandung shahridagi «Silivangi» stadionida uchinchi liga o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida sodir bo‘ldi. O‘yinning 15-daqiqasida 30 yoshli sportchini chaqmoq urgan.

Bungacha ham o‘yinda kuchli chaqmoq chaqishi kuzatilgan, ammo ular bunga e’tibor berishmadi va o‘yinni davom ettirishdi.

Futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi – sportchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Indoneziyaning Voi.id axborot portali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring