Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda tadbirkorga nohaqlik qilgan soliqchiga ish ochildi

Jizzaxda tadbirkorga nohaqlik qilgan soliqchiga ish ochildi

Xabar.uz

Jizzax viloyati Yangiobod tuman DSI tomonidan soliq to‘lovchi “U.” xususiy korxonasi moliyaviy va soliq hisobotlarida 401 mln. 67 ming so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanmasdan qolgan.

Shu sababli soliq to‘lovchiga mavjud tafovut va xatolikni bartaraf etish, aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini 10 kun muddat ichida taqdim etish haqida talabnoma yuborilib, shu muddatda aniqlashtirilgan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda Soliq kodeksining 70-moddasiga asosan sudga da’vo arizasi yuborilishi, 96-moddasiga asosan hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.

Ushbu talabnomaga asosan soliq to‘lovchi “U.” xususiy korxonasi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda asoslantirilgan ma’lumot va hujjatlar taqdim etilmagani sababli korxonaning ATIB “Ipotekabank” Jizzax viloyati filialidagi hisob raqami Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Keyinchalik soliq to‘lovchi “U.” xususiy korxonasi tomonidan asoslantirilgan ma’lumotnoma va hujjatlar taqdim etilgan hamda korxonaning bankdagi hisob raqami ochib berilgan.

Shundan keyin, tuman DSI boshlig‘i tomonidan Soliq kodeksining 70-moddasi talablariga ko‘ra, soliq to‘lovchi “U.” xususiy korxonasiga moliyaviy va soliq hisobotlarida tafovut mavjudligi haqida talabnoma yuborilmasdan turib, Soliq kodeksining 96-moddasi talablariga zid ravishda korxonaning ATIB “Ipotekabank” Jizzax viloyati filialidagi hisob raqamini to‘xtatish to‘g‘risida kameral nazorat bo‘limiga asossiz ravishda ko‘rsatma berib, korxonaning hisob raqamini bir oy davomida qonunga xilof ravishda to‘xtatib turgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan tuman DSI boshlig‘iga nisbatan MJtKning 241(3)-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.

Jizzax viloyat prokuraturasining aralashuvi bilan tadbirkorning hisob raqami ochib berilib, buzilgan huquqlari tiklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring