Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik aktyor Toshkentdagi kvartirasidan o‘lik holda topildi

Italiyalik aktyor Toshkentdagi kvartirasidan o‘lik holda topildi

Foto: Il Messaggero

Italiya fuqarosi Jorjo Geno Toshkentda ijaraga olingan xonadonida o‘lik holda topildi. Bu haqda «Daryo» Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 16 fevral, yakshanba kuni soat 23:00 da Mirobod tumani IIB FMBga F.B.dan — 1992 yilda tug‘ilgan Jorjo Geno vaqtinchalik propiska qilingan xonadon egasidan tezkor xabar kelib tushgan.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilmaganligi, xonalardagi buyumlar tartib holda ekani, halok bo‘lgan odamning tanasida tashqi jarohatlar yo‘qligi aniqlangan.

O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilangan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Jorjo Genoning o‘limi haqidagi xabarlar Italiya OAVda 20 fevral, payshanba kuni tarqalishni boshlagan. Xabarlarga ko‘ra, yigitning ota-onasi uch kun davomida u bilan bog‘lana olmagan va mahalliy hokimiyat vakillaridan bu borada yordam so‘ragan, yakunda Geno kvartirada o‘lik holda topilgan.

Jorjo Geno ko‘p yillar davomida xorijda, jumladan, Avstraliya va Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan aksar mamlakatlarda yashagan. U O‘zbekistonga bir necha oy ilgari kelgandi. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Jorjoning sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va u bodibilding bilan shug‘ullangan.

Avstraliyaning Star Now saytida berilgan ma’lumotda Jorjo Genoning ijodni endi boshlagan aktyor va model ekani yozilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring