Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda aeroport yaqinidagi avtobus halokati 5 kishining umriga zomin bo‘ldi (foto)

Istanbulda aeroport yaqinidagi avtobus halokati 5 kishining umriga zomin bo‘ldi (foto)

Foto: «Ntv.com.tr»

Istanbul aeroporti yaqinida Kuzey Marmara avtotrassasida reysli avtobus avtohalokatga uchradi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi, 25 kishi turli darajada jarohat olishgan, deya xabar berdi shahar ma’muriyati.

«Bugun soat 7:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 9:00) Kuzey Marmara shossesida Chiftalan qishlog‘i hududida Karabyukdan Istanbul tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi ko‘prik to‘sig‘iga borib urilgan. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va tez yordam guruhi zudlik bilan yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan, 25 kishi shifoxonaga yuborilgan, ulardan 10 nafari, jumladan, uchta bola og‘ir ahvolda», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring