Ish joyida tok urishidan vafot etgan xodimning oilasiga zarar undirildi
Elektr toki urishi oqibatida vafot etgan xodimning oilasiga 126 million so‘m zarar puli undiriladigan bo‘ldi.
Qashqadaryolik F.Abdiyev 2023 yil 28 iyun kuni paxta titish korxonasida mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida vafot etgan. Biroq, vafotidan so‘ng uning oilasiga korxona tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilmagan.
Marhumning turmush o‘rtog‘i F.Usmonova korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Sudning hal qiluv qaroriga asosan F.Usmonova foydasiga (o‘zi va voyaga yetmagan 2 nafar farzandi uchun) 126 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter