Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada sobiq kuyov qaynonasining mashinasini olib qochdi

Farg‘onada sobiq kuyov qaynonasining mashinasini olib qochdi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 29-aprel kuni Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB ga 48 yoshli E.O‘g‘iloy ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:30 larda Farg‘ona shahri Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida turgan, o‘ziga tegishli «Nexia-3» rusumli avtomashinasini sobiq kuyovi, 30 yoshli A.Ibrohimjon olib qochganligini, avtomashinasini topib, A.Ibrohimjonga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv  harakatlari davomida, fuqaro E.O‘g‘iloyga tegishli «Nexia-3» rusumli avtomashina Farg‘ona tumani Oqbilol mahallasi hududidagi dala yer maydoniga tashlab ketilganligi aniqlanib, A.Ibrohimjon protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Ibrohimjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, sobiq kuyov A.Ibrohimjon oilaviy muammolari tufayli ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring