Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eshak go‘shti sotgan fuqaro jazoga tortildi

Eshak go‘shti sotgan fuqaro jazoga tortildi

Foto: «Nasafnews»

Keyingi paytlarda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining bozor rastalariga chiqib ketishining oldi olingani haqidagi xabarlar tez-tez takrorlanayotgan bo‘lsa-da, bu kabi jirkanch ishdan tap tortmaydiganlar yana shu jinoyatga qayta va qayta qo‘l urishayotgani xavotirli holat.

Hech bir jinoyat jazosiz qolmasligi aniq. Sudda aholiga sotadigan eshak go‘shtini o‘zi iste’mol qilmasligini tan olgan Qarshi shahar Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.J. yashab turgan xonadonidan so‘yib sotishga tayyorlab qo‘yilgan bo‘g‘izlangan eshak go‘shtlari va ajratilgan terilari, lahm go‘sht mahsulotlari va og‘ilxonada bog‘langan 20 dan ortiq tirik eshaklarni yashirishga ulgura olmadi.

Kuni kecha esa mazkur jinoyat yuzasidan aybdorga sud hukmi o‘qildi. Qarshi shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayblanuvchi X.J. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring