Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emizikli chaqalog‘i bilan Turkiyaga sotilayotganlar...

Emizikli chaqalog‘i bilan Turkiyaga sotilayotganlar...

17 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «S» ismli ayol ushbu kuni soat 07:40larda «Toshkent-Istanbul» yo‘nalishidagi Turkiyaga ketish maqsadida fuqaro M.M. bilan birga samolyotga chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda Andijon shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Jalaquduq tumani «Yangichek» mahallasida yashovchi «S» ismli ayol noqonuniy ravishda Turkiya davlatiga yosh qiz va juvonlarni o‘zi bilan olib borib fohishalik qilish orqali ko‘p miqdorda pul topishga, uy-joy hamda mijozlar bilan ta’minlashga qiziqtirib, boshqa shaxslarga sotib yuborayotganini ma’lum qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring