Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX sudya yordamchisini qo‘lga oldi

DXX sudya yordamchisini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xodimlari — sudya yordamchisini jinoyat ustida qo‘lga olishdi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan "Voqea joyidan..." ko‘rsatuvida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudya yordamchisi R.N. firibgarlik jinoyatini qasddan sodir etgan. U fuqaro M.ning 5 million 500 ming so‘mlik jarima jazosini kamaytirib berishni va’da qilib, undan 2 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan. Vaqt o‘tgach, fuqaro M. jarima jazosining o‘zgarishsiz qolganini biladi va sudya yordamchisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, huquq tartibot idoralariga murojaat qiladi.

Ushbu murojaat asosida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etilgan.

Tadbir davomida sudya yordamchisi R.N. fuqaro M.dan pora sifatida olgan 2 million so‘m miqdoridagi pullarni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

"Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring