Dollar, rubl, lira: valyutachilarga qarshi katta reyd o‘tkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.K. fuqaro S.X.ga jami 4 000 AQSh dollarini 51 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.J. Peshku tumani “Chibog‘oni” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro Z.N.dan 3 200 AQSh dollarini 40,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.N. fuqaro S.U.ga 3 500 AQSh dollarini 44,8 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 400 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 2 496 AQSh dollari, 4 500 Rossiya rubli va 1 600 Turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter