Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daryo.uz muxbiri IIB xodimlari bosimiga uchradi

Daryo.uz muxbiri IIB xodimlari bosimiga uchradi

Otabek Qo‘ldoshev.

Qashqadaryolik jurnalist, Daryo.uz muxbiri Otabek Qo‘ldoshev ichki ishlar xodimlari qarshiligiga uchragan va IIBga olib ketilgan. 

Tarqalgan videoda jurnalistning xodimlar bilan gaplashib turgani va to‘satdan ulardan biri muxbirning telefoniga yopishgani aks etadi. 

Qo‘ldoshevning o‘zi IIBga olib ketilgandan so‘ng, vaqt o‘tgach tashqariga chiqdi va OAVga intervyu berdi.

Jurnalistning ta’kidlashicha, u juma namozida fotoreportaj qilayotgan vaqtida ichki ishlar tomonidan qarshilikka uchragan. 

«Xodimlar xizmat guvohnomamni so‘rashdi, men ham telefonim kamerasini yoqib s’yomka qila boshladim. Lekin ular telefonimni ham urib tortib olib qo‘yishdi. Keyin ichki ishlar binosiga olib kelishdi. Ulardan vaziyat haqida oila a’zolarim va tahririyatga xabar qilishni so‘radim, shu sabab tashqariga chiqdim», — deydi Qo‘ldoshev. 

IIV matbuot xizmati ham voqeaga izoh bergan. «Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Daryo.uz internet nashri muhbiri O.Qo‘ldoshev bilan suhbat jarayonida kasb etikasini buzgan ichki ishlar organi xodimining harakatlari o‘rganib chiqilib, huquqiy baho beriladi»,— deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring