Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzorda sodir bo‘lgan yirik yong‘indan 5 kishi qutqarildi

Chilonzorda sodir bo‘lgan yirik yong‘indan 5 kishi qutqarildi

27 fevral kuni tunda Chilonzor tumani, «Bekto‘pi» MFY Diydor ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘inga soat 00:17 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi.

Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, IIB, Prokuratura, «Hududgazta’minot» va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring