Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzorda 18 yoshli qizga liftda hamla qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qidiruvga berildi

Chilonzorda 18 yoshli qizga liftda hamla qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qidiruvga berildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilganlikda gumon qilinayotgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15-fevral kuni, soat 12:00lar atrofida Chilonzor tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, leytenant Sohib Yusupovga 4-uy boshlig‘i Albina Xarisova murojaat qilgan.

Albina Xarisova o‘z murojaatida shu uyda yashovchi 18 yoshli L.S.ning onasi so‘zlariga asoslanib, yuz bergan holat haqida ma’lum qilgan.

Ko‘p qavatli uyning liftida noma’lum shaxs 18 yoshli qizga hamla qilgan. Qiz baqirganida u qo‘rqib, qochib ketgan.

Profilaktika inspektori L.S. bilan birga kuzatuv kamerasidagi tasvirlarni ko‘zdan kechirgan hamda gumonlanuvchining suratini chiqarib olgan. So‘ng, gumonlanuvchi shaxsning surati Chilonzor tumanidagi barcha ichki ishlar bo‘linmalariga yuborilgan.

Hozirda gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va uni hibsga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Agar gumonlanuvchi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Gumonlanuvchi taxminan 25-35 yoshlarda, bo‘yi 170-180 santimetr atrofida, sochlari qora rangda», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring