Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda xavfli bosiqinchilikda gumondorlar ushlandi

Andijonda xavfli bosiqinchilikda gumondorlar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 8-yanvar kuni soat 02:00 larda ikki nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiyib olgan holda Qo‘rg‘ontepa tuman Nurli yog‘du MFY.da yashovchi 60 yoshli Saxodat A.ning yashash xonadoniga kirish eshigi oynasini sindirib kirishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular xonadon egasiga pichoq bilan hujum qilib, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘l va oyoqlari hamda og‘zini skoch yordamida bog‘lab, quloqlaridagi 1 juft narxi 700.000 so‘mlik sirg‘asini, qo‘lidagi 1 dona narxi 300.000 so‘mlik uzugini talon-toroj qilib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 26 yoshli Umidjon M. xamda 38 yoshli Maqsadjon A.lar sodir etganligi aniqlanib, jinoyatchilarni birining yashash uyi tintuv qilinganda, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 1 juft ayollar sirg‘asi, 1 juft qo‘lqop ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Umidjon M. va Maqsadjon A.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring