Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda mudhish qotillik bir kunda fosh etildi

Andijonda mudhish qotillik bir kunda fosh etildi

Foto: «Xabar.uz»

Andijonda sodir etilgan qotillik jinoyatini fosh etish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari olib borildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan va ammasidan rad javobini olgan.

Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag‘larini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisini qizi) ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u xonadonda bo‘lgan 7 mln. so‘m pulni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring