Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda 3 yashar bolaning ustidan qaynoq suv quyib yuborgan erkakka hukm o‘qildi

Andijonda 3 yashar bolaning ustidan qaynoq suv quyib yuborgan erkakka hukm o‘qildi

Skrinshot: Bugun.uz

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudida xonadonida ijarada yashayotgan ayolning uch yoshli farzandi ustidan qaynoq suv quyib, bolani kuydirgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda «Daryo» yozmoqda.

2021-yilning 11-yanvar kuni soat 02:00 da Z.B. uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda xonadonida ijarada yashab kelayotgan G. ismli ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Ayol ushbu taklifni rad etgani uchun pechka ustida qaynab turgan suvni olib, uning yonida yotgan 3 yoshli D.ning ustiga quyib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi xonadonida yashovchi ayol bilan 2020-yilning dekabr oyida tanishgan va shundan so‘ng telefon orqali gaplashib yurgan. 2021-yil 6-yanvar kuni ayol sudlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, ijarada yashayotgan uyidan haydab yuborilganini, boradigan manzili yo‘qligini aytib, ijaraga joy so‘ragan. Tanishi uning iltimosiga rozi bo‘lib, ijaraga oylik to‘lov to‘lamasdan, faqat elektr va tabiiy gaz iste’moli uchun har oyda 300 ming so‘mdan berib turishi lozimligini bildirgan. Shundan so‘ng G. farzandi bilan tanishinikiga kelib, yashay boshlagan. Sudlanuvchi onasining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli davolanish maqsadida opasinikiga ketganidan foydalanib, 2021-yil 9-yanvar kuni uyidagi tanish ayolga er-xotin bo‘lishni taklif qilgan. G. unga rad javobini berib, kasal ekanligini bildirganidan keyin o‘z xonasiga kirib ketgan.

Yarim tunda erkak tanishiga bolasi ko‘p yig‘lab shovqin ko‘targani, o‘zi ham har kuni soat 03:00—04:00 larga qadar telefonida gaplashib, uyqu bermayotgani uchun boshqa ijaraga uy topib chiqib ketishini aytgan. Biroq tanishi bir kun uyida turib turishini, keyin ijaraga uy topib, olib chiqib ketishini aytgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring