Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston sharqida noxush hodisa yuz berdi: 30 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqida noxush hodisa yuz berdi: 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: «AP Photo / Rahmat Gul»

Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyatida bomba portlashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib 1TV xabar bermoqda.

Hodisa viloyat poytaxti — Pol-ye Alam shahrida sodir bo‘ldi.

Hozircha mahalliy guruhlarning hech qaysisi sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Guvohlarning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, minalangan avtomobil markaziy shifoxona yaqinida portlab ketgan. Hujum tinch aholi va harbiylar joylashgan yaqin atrofdagi binoga qaratilgan bo‘lgan. Portlash shu qadar kuchli ediki, bir necha kilometr radiusdagi uylarning derazalari chil-chil singan.

Tolo News telekanali manbalariga asoslanib aniqlik kiritishicha, politsiya olti kishi halok bo‘lganligi haqida xabar bergan, ammo o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolmoqda.

Kuchli portlash Afg‘onistondan Amerika koalitsiyasi qo‘shinlari chiqarila boshlagan kunning ertasiga yuz berdi. Pentagon ushbu jarayon shoshilmasdan metodik va xavfsiz tarzda amalga oshirilishini ta’kidlamoqda. AQSh va NATOdagi ittifoqchilari 2001-yilda mamlakatda harbiy operatsiyani boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring