Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020: eng tezkor futbolchilar bilan tanishing!

Yevro-2020: eng tezkor futbolchilar bilan tanishing!

Foto: «Championat.com»

UYeFA Yevro-2020 ning eng tezkor futbolchilari reytingini tuzdi. NSN xabariga ko‘ra, ro‘yxatga beshta futbolchi kiritilgan.

Reytingdagi birinchi o‘rinni Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Spinatssola egalladi: u tezligini soatiga 33,8 kilometrga yetkaza oldi. Ikkinchi pog‘onadan Uels yarim himoyachisi Daniel Jeyms joy oldi — soatiga 33,5 km.

UYeFAning «Twitter»dagi akkauntida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi o‘rin Angliya hujumchisi Raxim Sterlingga nasib etgan. Uning natijasi soatiga 33,1 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, Yevropa chempionatining eng tezkor futbolchilari beshtaligiga Shveysariya terma jamoasi futbolchisi Bril Embolo (soatiga 32,8 kilometr) va Italiya termasi o‘yinchisi Jovanni Di Lorenso (soatiga 32,6 kilometr) kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring