Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina Belarusdagi saylovlarni tan olmasligini bildirdi

Ukraina Belarusdagi saylovlarni tan olmasligini bildirdi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy respublika Belarusdagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmasligini oldindan ma’lum qildi.

Uning so‘zlarini RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Ushbu jarayonda biz uchun kutilmagan narsa yo‘q va uning natijalari oldindan ma’lum", dedi Tixiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan aloqani tiklash uchun hech qanday shart-sharoit ko‘rmayapti.

Bundan tashqari, Tixiy Ukraina G‘arb davlatlarining Belarusda shaffof saylovlar o‘tkazish uchun shart-sharoit yo‘qligi haqidagi pozitsiyasiga qo‘shilishini bildirdi.

Belarusda saylovlar 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatni 1994-yildan buyon boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko ham qatnashadi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring