Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIGGO 9 Euro NCAP sinovida yon zarbaga qay tarzda dosh berdi va bu haydovchilar uchun nimani anglatadi?

TIGGO 9 Euro NCAP sinovida yon zarbaga qay tarzda dosh berdi va bu haydovchilar uchun nimani anglatadi?

Chery Tiggo 9 to‘siq bilan yon zarba berish bo‘yicha Euro NCAP testidan ishonchli tarzda o‘tdi. Avtomobil 60 km/soat tezlik bilan to‘qnashuvda ajoyib xavfsizlik ko‘rsatkichlarini namoyish etdi: A, B, S ustunlar va eshiklar butun qolib, yo‘lovchilarga himoya muhitini ta’minladi.

Zarbaga uchramagan tomondagi eshik muammosiz ochildi, xavfsizlik kamarlari esa odatdagidek ishlardi. Xavfsizlik yostiqchalari bexato ishlab, zarbani samarali yumshatdi va yo‘lovchilarni himoya qildi. Yonilg‘i tizimi va akkumulyator shikastlanmagan, sizib chiqishlar bartaraf etilgan va ikkilamchi xavflar minimallashtirilgan. Bu omillar konstruksiyaning yuqori darajadagi xavfsizligini tasdiqlaydi.

Ma’lumot uchun:

Euro NCAP: avtomobil xavfsizligi etaloni

1997 yilda tashkil etilgan Euro NCAP (The European New Car Assessment Programme, inglizcha – «Yangi avtomobillarni baholash Yevropa dasturi») avtomobil xavfsizligi sohasidagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. U yangi avtomobillarni qat’iy sinovdan o‘tkazadigan Yevropa davlat agentliklari va mustaqil ekspertlarni birlashtiradi. Ushbu sinov natijalari xaridorlar uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi va avtomobilsozlik sanoatida xavfsizlik standartlarini oshirishga yordam beradi.

Euro NCAP avtomobillarni to‘rtta asosiy mezon bo‘yicha baholaydi: kattalar himoyasi, bolalar himoyasi, yo‘l harakatining zaif ishtirokchilarini xavfsizligi va faol xavfsizlik tizimlarining mavjudligi. Yon tomondan zarba berish testiga alohida e’tibor beriladi, chunki bunday avariyalar real sharoitlarda tez-tez uchrab turadi. Avtomobilning yon qismi kamroq bufer muhitiga ega bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchilarning jiddiy jarohat olish xavfini oshiradi.

Chery Tiggo 9: yo‘lovchilarni maksimal darajada himoya qilish

Tiggo 9 modeli 60 km/soat tezlikda bo‘lgan yon zarbasinovida 10 dona xavfsizlik yostiqchalari, mustahkam kuzov va E-CALL favqulodda xizmatlarini avtomatik chaqirish tizimitufayli eng yuqori darajadagi xavfsizlikni namoyish etdi.

Xavfsizlik yostiqchalarining ilg‘or tizimi

To‘qnashuv paytida yon xavfsizlik yostiqchalari bir zumda ochilib, yo‘lovchilar va deformatsiyalangan eshik o‘rtasida himoya to‘sig‘ini hosil qiladi. Bu ko‘krak qafasi, qorin va tosga tushadigan yuklamani kamaytiradi, qovurg‘alar sinishi, ichki a’zolar shikastlanishi kabi jiddiy jarohatlarning oldini oladi.

A-ustundan S-ustungacha cho‘zilgan yon xavfsizlik pardalari bir zumda old va orqa eshiklarning derazalarini yopib, yo‘lovchilarni oynaga urilishdan va sochilib chiqadigan parchalardan himoya qiladi. Bu, ayniqsa, bosh miya jarohatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Ichki yon xavfsizlik yostig‘i – Chery Tiggo 9 o‘ziga xosligi

Bundan tashqari, Tiggo 9 ichki yon xavfsizlik yostiqchasi (far-side airbag) bilan jihozlangan. Yon tomondan zarba berilganida urilmagan tomondagi yo‘lovchilar inersiya ta’sirida avtomobil markaziga siljiydi. Ichki yon xavfsizlik yostiqchasihaydovchi va oldindagi yo‘lovchining to‘qnashuvining oldini oladi, yuz va oyoq-qo‘llarning shikastlanish xavfini kamaytiradi. Ushbu jihat Chery kompaniyasining xavfsizlik va har bir yo‘lovchiga g‘amxo‘rlik qilishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.

Mustahkam kuzov va E-CALL tizimi

Chery Tiggo 9 kuzovi 85 foiz yuqori mustahkam po‘latdan, shu jumladan 21 foiz issiq shtamplangan po‘latdan tayyorlangan. Sinov paytida u zarba energiyasini samarali ravishda yutib va tarqatib, deformatsiyani minimallashtirdi va yo‘lovchilar uchun himoya maydonini saqlab qoldi.

To‘qnashuvdan so‘ng E-CALL tizimi avtomatik ravishda avtomobil koordinatalari ko‘rsatilgan signalni favqulod xizmatlarga yubordi. Bu qutqaruvchilarning harakatlanishini tezlashtiradi, yordam yetib kelish vaqtini qisqartiradi va qutqarish imkoniyatini oshiradi.

Sinov natijalari: tasdiqlangan xavfsizlik

Euro NCAP sinovlari Chery Tiggo 9’ning yuqoridarajadagi xavfsizligini tasdiqladi. Kuchli zarbadan keyin ham uning konstruksiyasi barqaror ravishda mustahkam bo‘lib qoldi: ustunlar va eshiklar shikastlanmadi, xavfsizlik kamarlari odatdagidek ishladi va xavfsizlik yostiqchalari ishonchli himoyani ta’minladi. Yonilg‘i tizimi va akkumulyator butunligicha saqlanib, sizib chiqish va yong‘in xavfi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.

Mustahkam kuzov, ilg‘or xavfsizlik yostiqlari tizimi va intelektual texnologiyalarning uyg‘unligi Tiggo 9’ni xavfsizlik etaloniga aylantiradi. U jahonning 5 yulduzli standartlariga javob beradi va haydovchilar hamda yo‘lovchilarni maksimal darajada himoya qiladi.

Kelajakka bo‘lgan nigoh

Euro NCAP sinovlari – Tiggo 9 xavfsizligini yaxshilash yo‘lidagi yana bir bosqich hisoblanadi. Chery haydovchilar va yo‘lovchilarga maksimal qulaylik va himoyani ta’minlagan holda ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda davom etadi. O‘zining ajoyib xususiyatlari tufayli Tiggo 9 avtomobil xavfsizligining yangi standartlarini belgilaydi va o‘z turkumidagi eng ishonchli avtomobillardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab boradi.

O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefonlari: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring