Rossiya Volvo va Mercedesdan qolishmaydigan yuk avtomobilini chiqarmoqchi

Rossiyada 2025-yil yozida BAZ yuk mashinalarini seriyali chiqarish boshlanadi, ular yo‘l tanlamaslik xususiyatlari bo‘yicha Volvo va Mercedes-Benz mashinalaridan qolishmaydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
«BAZ yuk mashinasi katta yettilik (yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi yetti kompaniya: Volvo, MAN, Scania, Mercedes, DAF, Iveco va Renault — TASS izohi)ning yo‘l tanlamas mashinalari o‘rnini bosish uchun chiqariladi. Yo‘l tanlamaslik bobida BAZ ularni sezilarli ortda qoldiradi va ko‘proq Tatraga yaqin, — dedi («Almaz-Antey» konserni tarkibidagi) «Romanov» AJ bosh direktori Dmitriy Grechuxin.
Bosh direktorning aytishicha, yangi avtomobillar sertifiktalashdan o‘tmoqda va 2025 yil yozida 200 donasi ishlab chiqariladi, yillik hajmni 2027-yilda 2 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter