Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi

Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 1,5 va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildi. Ushbu avtomollarni karantin davrida respublikamizning barcha avtosalonlarida chegirma asosida xarid qilish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor Malibu 1,5 avtomobili uchun 5 foiz, Tracker uchun 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Ya’ni:

Malibu- 1,5 Turbo – 278 322 334 so‘m o‘rniga 265 000 000 so‘m

Tracker LT A/T –222 150 992 so‘m o‘rniga 199 000 000 so‘m

Tracker LT M/T –189 838 121  so‘m o‘rniga 170 000 000 so‘mga sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu modellarni muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkinligi ma’lum qilingandi.

Mamlakatimizdagi epidemiologik davrda avtomobilni uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring