Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

703 km/soat tezlik bilan harakatlangan ayol jarimaga tortildi. Endi u politsiyani sudga bermoqchi

703 km/soat tezlik bilan harakatlangan ayol jarimaga tortildi. Endi u politsiyani sudga bermoqchi

Foto: «Fotolia/Bokicbo»

Italiyaning Ankon provinsiyasida istiqomat qiluvchi ayol tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi, deya xabar berdi «Autoappassionati» portali.

Go‘yoki kamera soatiga 703 km tezlik bilan harakatlanayotgan «Ford Focus»ni qayd etganmish.

Nashrning ta’kidlashicha, bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu qadar tezlik politsiyachilarni ajablantirgani yo‘q. Shu bois ayolga 850 yevro jarima solishgan.

Mahalliy yo‘l qo‘mitasi rahbari Jovanni Strogolo «qoidabuzar»ga jarimani bekor qilishga rozi bo‘lmaslikni, sud orqali kompensatsiya talab qilishni maslahat bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring