Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziri: «Bugundan boshlab viloyatlararo harakatlanish to‘xtatildi»

Ichki ishlar vaziri: «Bugundan boshlab viloyatlararo harakatlanish to‘xtatildi»

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat bo‘ylab 50 ta YPX maskani hamda 90 ta blok va to‘siq postlarda kuchaytirilgan xizmat tashkil etilganini ma’lum qildi.

– 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi. Yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasno.

Yurtdoshlarimizning zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqmasliklari, yashash hududlarini tark etmasliklarini so‘raymiz.

Yuqoridagi harakatlarning barchasi respublikamiz hududida ushbu xavfli infeksiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish, har bir fuqaroning salomatligini qat’iy muhofaza qilishga qaratilgan, deya qayd etdi Ichki ishlar vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring